حَدَّثَنَا ابْنُ نُمَيْرٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْمَلِكِ، عَنْ أَبِي عَبْدِ الرَّحِيمِ الْكِنْدِيِّ، عَنْ زَاذَانَ أَبِي عُمَرَ، قَالَ سَمِعْتُ عَلِيًّا، فِي الرَّحْبَةِ وَهُوَ يَنْشُدُ النَّاسَ مَنْ شَهِدَ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمَ غَدِيرِ خُمٍّ وَهُوَ يَقُولُ مَا قَالَ فَقَامَ ثَلَاثَةَ عَشَرَ رَجُلًا فَشَهِدُوا أَنَّهُمْ سَمِعُوا رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَهُوَ يَقُولُ مَنْ كُنْتُ مَوْلَاهُ فَعَلِيٌّ مَوْلَاهُ.
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U zot Rahba (degan joy)da odamlardan: «Kim Rasululloh ﷺni Gʻadir Xum kunida u aytgan (soʻz)ni aytayotganlarida hozir boʻlgan boʻlsa (guvohlik bersin)», deb soʻrab qasam ichirdilar. Shunda oʻn uch kishi turib, Rasululloh ﷺning: «Men kimning egasi (mavlosi) boʻlsam, Ali ham uning egasidir», deganlarini eshitganliklariga guvohlik berishdi.