حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا الْأَعْمَشُ، عَنْ مُسْلِمٍ الْبَطِينِ، عَنْ عَلِيِّ بْنِ الْحُسَيْنِ، عَنْ مَرْوَانَ بْنِ الْحَكَمِ، قَالَ كُنَّا نَسِيرُ مَعَ عُثْمَانَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ فَإِذَا رَجُلٌ يُلَبِّي بِهِمَا جَمِيعًا فَقَالَ عُثْمَانُ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ مَنْ هَذَا فَقَالُوا عَلِيٌّ فَقَالَ أَلَمْ تَعْلَمْ أَنِّي قَدْ نَهَيْتُ عَنْ هَذَا قَالَ بَلَى وَلَكِنْ لَمْ أَكُنْ لِأَدَعَ قَوْلَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِقَوْلِكَ.
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Usmon (roziyallohu anhu) bilan yoʻl yurayotgan edik, bir kishi ikkovini (umra va hajni) birga aytib talbiya qilayotgandi. Usmon (roziyallohu anhu): «Bu kim?», dedi. Ular: «Ali», deyishdi. U: «Men bundan qaytarganimni bilmaysanmi?», dedi. U (Ali): «Bilaman, lekin men Rasululloh ﷺning soʻzlarini sizning soʻzingiz uchun tark qiladigan boʻlmayman», dedi.