حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنِ الْحَارِثِ، عَنْ عَلِيٍّ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ جَاءَ ثَلَاثَةُ نَفَرٍ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ أَحَدُهُمْ يَا رَسُولَ اللَّهِ كَانَتْ لِي مِائَةُ دِينَارٍ فَتَصَدَّقْتُ مِنْهَا بِعَشَرَةِ دَنَانِيرَ وَقَالَ الْآخَرُ يَا رَسُولَ اللَّهِ كَانَ لِي عَشَرَةُ دَنَانِيرَ فَتَصَدَّقْتُ مِنْهَا بِدِينَارٍ وَقَالَ الْآخَرُ كَانَ لِي دِينَارٌ فَتَصَدَّقْتُ بِعُشْرِهِ قَالَ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كُلُّكُمْ فِي الْأَجْرِ سَوَاءٌ كُلُّكُمْ تَصَدَّقَ بِعُشْرِ مَالِهِ.
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺning oldilariga uch kishi keldi. Ulardan biri: «Ey Allohning Rasuli, mening yuz dinorim bor edi, undan oʻn dinorini sadaqa qildim», dedi. Ikkinchisi: «Ey Allohning Rasuli, mening oʻn dinorim bor edi, undan bir dinorini sadaqa qildim», dedi. Uchinchisi: «Mening bir dinorim bor edi, uning oʻndan birini sadaqa qildim», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Barchangiz ajrda barobarsiz, chunki har biringiz molining oʻndan birini sadaqa qildingiz», dedilar.