حَدَّثَنَا أَبُو الْمُغِيرَةِ، حَدَّثَنَا صَفْوَانُ، حَدَّثَنِي شُرَيْحٌ يَعْنِي ابْنَ عُبَيْدٍ، قَالَ ذُكِرَ أَهْلُ الشَّامِ عِنْدَ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ وَهُوَ بِالْعِرَاقِ فَقَالُوا الْعَنْهُمْ يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ قَالَ لَا إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ الْأَبْدَالُ يَكُونُونَ بِالشَّامِ وَهُمْ أَرْبَعُونَ رَجُلًا كُلَّمَا مَاتَ رَجُلٌ أَبْدَلَ اللَّهُ مَكَانَهُ رَجُلًا يُسْقَى بِهِمْ الْغَيْثُ وَيُنْتَصَرُ بِهِمْ عَلَى الْأَعْدَاءِ وَيُصْرَفُ عَنْ أَهْلِ الشَّامِ بِهِمْ الْعَذَابُ.
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Iroqda boʻlgan chogʻida uning huzurida Shom ahli tilga olindi. Ular: «Ey amirul moʻminin, ularni laʼnatlang!» dedilar. U: «Yoʻq, men Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitganman: ‹Abdollar Shomda boʻladi, ular qirq kishidir. Ulardan biri vafot etsa, Alloh uning oʻrniga boshqa bir kishini almashtiradi. Ular sababli yomgʻir yogʻdiriladi, ular sababli dushmanlar ustidan gʻalaba qozoniladi va Shom ahlidan ular sababli azob qaytariladi›», dedi.