حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَمْرٍو، عَنْ يَحْيَى بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ حَاطِبٍ، عَنِ ابْنِ الزُّبَيْرِ، عَنِ الزُّبَيْرِ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ لَمَّا نَزَلَتْ {ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عِنْدَ رَبِّكُمْ تَخْتَصِمُونَ} قَالَ الزُّبَيْرُ أَيْ رَسُولَ اللَّهِ مَعَ خُصُومَتِنَا فِي الدُّنْيَا قَالَ نَعَمْ وَلَمَّا نَزَلَتْ {ثُمَّ لَتُسْأَلُنَّ يَوْمَئِذٍ عَنْ النَّعِيمِ} قَالَ الزُّبَيْرُ أَيْ رَسُولَ اللَّهِ أَيُّ نَعِيمٍ نُسْأَلُ عَنْهُ وَإِنَّمَا يَعْنِي هُمَا الْأَسْوَدَانِ التَّمْرُ وَالْمَاءُ قَالَ أَمَا إِنَّ ذَلِكَ سَيَكُونُ.
Zubayr ibn al-Avvom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: {Soʻngra siz qiyomat kuni Robbingiz huzurida talashib-tortishasiz} (Zumar 31) oyati nozil boʻlganida, Zubayr: «Ey Rasululloh ﷺ, dunyodagi talashib-tortishuvlarimiz ustiga yana-mi?» dedi. U zot: «Ha», dedilar. {Soʻngra siz oʻsha kuni neʼmatlardan albatta soʻralursiz} (Takosur 8) oyati nozil boʻlganida esa, Zubayr: «Ey Rasululloh ﷺ, biz qanaqa neʼmatdan soʻralamiz? Bizda faqat ikki qora narsa — xurmo va suv bor-ku», dedi. U zot: «Ogoh boʻl, bu albatta boʻladi», dedilar.