حَدَّثَنَا عِمْرَانُ بْنُ مَيْسَرَةَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، حَدَّثَنَا خَالِدٌ الْحَذَّاءُ، عَنْ أَبِي قِلاَبَةَ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ ذَكَرُوا النَّارَ وَالنَّاقُوسَ، فَذَكَرُوا الْيَهُودَ وَالنَّصَارَى، فَأُمِرَ بِلاَلٌ أَنْ يَشْفَعَ الأَذَانَ وَأَنْ يُوتِرَ الإِقَامَةَ.
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Odamlar (namoz vaqtini bildirish uchun) olov va qoʻngʻiroqni zikr qildi va shu bilan yahudiy va nasroniylarni esladi (ularga oʻxshamaslik uchun). Soʻng Bilolga namozga azonni kalimalarini ikki marta(dan), iqomatni esa kalimalarini bir marta(dan) aytishga buyurildi. (Iqomat odamlar namozga tayyor boʻlganda aytiladi.)