حَدَّثَنَا مُعَلَّى بْنُ أَسَدٍ، قَالَ حَدَّثَنَا وُهَيْبٌ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ أَبِي قِلاَبَةَ، عَنْ مَالِكِ بْنِ الْحُوَيْرِثِ، أَتَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فِي نَفَرٍ مِنْ قَوْمِي فَأَقَمْنَا عِنْدَهُ عِشْرِينَ لَيْلَةً، وَكَانَ رَحِيمًا رَفِيقًا، فَلَمَّا رَأَى شَوْقَنَا إِلَى أَهَالِينَا قَالَ " ارْجِعُوا فَكُونُوا فِيهِمْ وَعَلِّمُوهُمْ وَصَلُّوا، فَإِذَا حَضَرَتِ الصَّلاَةُ فَلْيُؤَذِّنْ لَكُمْ أَحَدُكُمْ وَلْيَؤُمَّكُمْ أَكْبَرُكُمْ ".
Molik ibn Huvayris (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men qabilamdan baʼzi kishilar bilan Paygʻambar ﷺ ning oldiga keldim va u zot bilan yigirma kecha qoldim. U zot bizga mehribon va rahmdil edilar. U zot bizning oilamizga sogʻinganimizni sezgach, bizga: «(Uylaringizga) qaytinglar va oilalaringiz bilan boʻlinglar, ularga dinni oʻrgatinglar, namoz oʻqinglar; namoz vaqti kirsa, biringiz azon aytsin va eng kattangiz imomlik qilsin», — dedilar.