حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، قَالَ حَدَّثَنَا شَيْبَانُ، عَنْ يَحْيَى، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي قَتَادَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ بَيْنَمَا نَحْنُ نُصَلِّي مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم إِذْ سَمِعَ جَلَبَةَ رِجَالٍ فَلَمَّا صَلَّى قَالَ " مَا شَأْنُكُمْ ". قَالُوا اسْتَعْجَلْنَا إِلَى الصَّلاَةِ. قَالَ " فَلاَ تَفْعَلُوا، إِذَا أَتَيْتُمُ الصَّلاَةَ فَعَلَيْكُمْ بِالسَّكِينَةِ، فَمَا أَدْرَكْتُمْ فَصَلُّوا وَمَا فَاتَكُمْ فَأَتِمُّوا ".
Abdulloh ibn Abu Qatoda (otasidan) rivoyat qiladi: Otam dedi: «Biz Paygʻambar ﷺ bilan namoz oʻqiyotgan paytimizda, u zot baʼzi odamlarning shovqinini eshitdilar. Namozdan soʻng u zot: ‹Nima boʻldi?› — dedilar. Ular: ‹Biz namozga shoshilgandik›, — dedi. U zot: ‹Namozga shoshilmanglar; namozga kelganingizda sokinlik bilan kelinglar, (jamoat bilan) ulgurganingizni oʻqinglar va qoldirgan (qism)ini (oʻzingiz) toʻldiringlar›, — dedilar».