حَدَّثَنَا عُمَرُ بْنُ حَفْصٍ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبِي قَالَ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، قَالَ سَمِعْتُ سَالِمًا، قَالَ سَمِعْتُ أُمَّ الدَّرْدَاءِ، تَقُولُ دَخَلَ عَلَىَّ أَبُو الدَّرْدَاءِ وَهْوَ مُغْضَبٌ فَقُلْتُ مَا أَغْضَبَكَ فَقَالَ وَاللَّهِ مَا أَعْرِفُ مِنْ أُمَّةِ مُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم شَيْئًا إِلاَّ أَنَّهُمْ يُصَلُّونَ جَمِيعًا.
Solim (Ummu Dardodan) rivoyat qiladi: Men Ummu Dardoning shunday deganini eshitdim: «Abu Dardo achchiqlangan holda uyga kirdi. Men unga: ‹Seni nima achchiqlantirdi?› — dedim. U: ‹Allohga qasamki, men Muhammadning ummatini — jamoat namozini (oʻqish)dan boshqa — oʻsha yaxshi ishlarni (avval qilganlaridek) qilayotgan holda topmayapman›, — dedi». (Bu — Abu Dardoning soʻnggi kunlarida, Usmonning hukmronligi paytida boʻlgan edi.)