حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يُونُسَ، قَالَ حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، قَالَ حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، قَالَ سَمِعْتُ قَيْسًا، قَالَ أَخْبَرَنِي أَبُو مَسْعُودٍ، أَنَّ رَجُلاً، قَالَ وَاللَّهِ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي لأَتَأَخَّرُ عَنْ صَلاَةِ الْغَدَاةِ مِنْ أَجْلِ فُلاَنٍ مِمَّا يُطِيلُ بِنَا. فَمَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي مَوْعِظَةٍ أَشَدَّ غَضَبًا مِنْهُ يَوْمَئِذٍ ثُمَّ قَالَ " إِنَّ مِنْكُمْ مُنَفِّرِينَ، فَأَيُّكُمْ مَا صَلَّى بِالنَّاسِ فَلْيَتَجَوَّزْ، فَإِنَّ فِيهِمُ الضَّعِيفَ وَالْكَبِيرَ وَذَا الْحَاجَةِ ".
Abu Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi kelib: «Yo Rasululloh, Allohga qasamki, men bomdod namoziga faqat shuning uchun kelmaymanki, falonchi bizga imomlik qilganda namozni (juda) choʻzadi», — dedi. (Roviy dedi:) Men Rasululloh ﷺ ni nasihat berishda oʻsha paytdagidek achchiqlangan holda hech koʻrmagan edim. Soʻng u zot: «Baʼzilaringiz odamlarni yaxshi amal (namoz)dan bezdiryapsiz. Bas, kim odamlarga imomlik qilsa, namozni qisqartirsin — chunki ular orasida zaif, qari va hojatmand (kishilar) bor», — dedilar.