حَدَّثَنَا أَبُو عَاصِمٍ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ سُمَىٍّ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " الشُّهَدَاءُ الْغَرِقُ وَالْمَطْعُونُ وَالْمَبْطُونُ وَالْهَدْمُ ". وَقَالَ " وَلَوْ يَعْلَمُونَ مَا فِي التَّهْجِيرِ لاَسْتَبَقُوا {إِلَيْهِ} وَلَوْ يَعْلَمُونَ مَا فِي الْعَتَمَةِ وَالصُّبْحِ لأَتَوْهُمَا وَلَوْ حَبْوًا، وَلَوْ يَعْلَمُونَ مَا فِي الصَّفِّ الْمُقَدَّمِ لاَسْتَهَمُوا ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Shahidlar — choʻkib, vobo (taun)dan, qorin (ich) kasalligidan oʻlgan yoki qulayotgan bino ostida tirik koʻmilgan kishilardir», — dedilar. Soʻng qoʻshimcha qildilar: «Agar odamlar peshin namozini avvalgi vaqtida (oʻqish)ning savobini bilganlarida, unga musobaqalashar edi; agar xufton va bomdod namozlarini jamoatda (oʻqish)ning savobini bilganlarida, hatto emaklab boʻlsa ham ularga kelar edi; agar birinchi safning savobini bilganlarida, uning uchun qurʼa tashlar edi».