حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، قَالَ حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ أَخْبَرَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي عَطَاءٌ، أَنَّهُ سَمِعَ أَبَا هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ يَقُولُ فِي كُلِّ صَلاَةٍ يُقْرَأُ، فَمَا أَسْمَعَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَسْمَعْنَاكُمْ، وَمَا أَخْفَى عَنَّا أَخْفَيْنَا عَنْكُمْ، وَإِنْ لَمْ تَزِدْ عَلَى أُمِّ الْقُرْآنِ أَجْزَأَتْ، وَإِنْ زِدْتَ فَهُوَ خَيْرٌ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Har namozda Qurʼon oʻqiladi. Rasululloh ﷺ biz uchun jahriy (ovoz chiqarib) oʻqigan namozlarda, biz ham sizlar uchun oʻsha namozlarda jahriy oʻqiymiz; Paygʻambar ﷺ maxfiy (sekin) oʻqigan namozlarda, biz ham maxfiy oʻqiymiz. Agar faqat Fotihani oʻqisangiz, kifoya; agar unga qoʻshimcha (yana boshqa) narsa oʻqisangiz, yaxshiroq.