قَالاَ وَقَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ وَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حِينَ يَرْفَعُ رَأْسَهُ يَقُولُ سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ، رَبَّنَا وَلَكَ الْحَمْدُ. يَدْعُو لِرِجَالٍ فَيُسَمِّيهِمْ بِأَسْمَائِهِمْ فَيَقُولُ " اللَّهُمَّ أَنْجِ الْوَلِيدَ بْنَ الْوَلِيدِ وَسَلَمَةَ بْنَ هِشَامٍ وَعَيَّاشَ بْنَ أَبِي رَبِيعَةَ، وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ، اللَّهُمَّ اشْدُدْ وَطْأَتَكَ عَلَى مُضَرَ، وَاجْعَلْهَا عَلَيْهِمْ سِنِينَ كَسِنِي يُوسُفَ ". وَأَهْلُ الْمَشْرِقِ يَوْمَئِذٍ مِنْ مُضَرَ مُخَالِفُونَ لَهُ.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) (yana) dedi: Rasululloh ﷺ (rukuʼdan) boshlarini koʻtarganda: «Samiʼalloohu liman hamidah, Robbana va lakal-hamd», — der edilar. U zot baʼzi kishilar uchun ularning ismini aytib duo qilar edilar: «Allohim, Valid ibn Validni, Salama ibn Hishomni va Ayyosh ibn Abu Rabiʼani va moʻminlardan zaif, ojiz (kishilar)ni (kofirlar qoʻlidan) qutqar. Allohim, Muzar (qabilasi)ga qattiq (azob) ber; ularni Yusuf (zamoni)dagi (ochlik) yillaridek ochlik yillariga giriftor qil», — dedilar. Oʻsha kunlarda Muzar (qabilasi)ning sharqiy qismi Paygʻambar ﷺ ga qarshi edi.