حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، قَالَ أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ أَخْبَرَنِي عُرْوَةُ بْنُ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ قَالَتْ أَعْتَمَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِالْعَتَمَةِ حَتَّى نَادَاهُ عُمَرُ نَامَ النِّسَاءُ وَالصِّبْيَانُ. فَخَرَجَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " مَا يَنْتَظِرُهَا أَحَدٌ غَيْرُكُمْ مِنْ أَهْلِ الأَرْضِ ". وَلاَ يُصَلَّى يَوْمَئِذٍ إِلاَّ بِالْمَدِينَةِ، وَكَانُوا يُصَلُّونَ الْعَتَمَةَ فِيمَا بَيْنَ أَنْ يَغِيبَ الشَّفَقُ إِلَى ثُلُثِ اللَّيْلِ الأَوَّلِ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni Rasululloh ﷺ xufton namozini — Umar: ‹Ayollar va bolalar uxlab qoldi›, — deb aytguncha — kechiktirdilar. Paygʻambar ﷺ chiqib: «Yer ahlidan bu namozni sizlardan boshqa hech kim kutayotgani yoʻq», — dedilar. Oʻsha kunlarda namoz faqat Madinadagina (oʻqilar) edi va ular xufton namozini shafaq (ufqdagi qizillik) gʻoyib boʻlishi bilan kechaning birinchi uchdan biri orasida oʻqir edi.