حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، قَالَ أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ طَاوُسٌ قُلْتُ لاِبْنِ عَبَّاسٍ ذَكَرُوا أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " اغْتَسِلُوا يَوْمَ الْجُمُعَةِ وَاغْسِلُوا رُءُوسَكُمْ وَإِنْ لَمْ تَكُونُوا جُنُبًا، وَأَصِيبُوا مِنَ الطِّيبِ ". قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ أَمَّا الْغُسْلُ فَنَعَمْ، وَأَمَّا الطِّيبُ فَلاَ أَدْرِي.
Tovus (Ibn Abbosdan) rivoyat qiladi: Men Ibn Abbosga: «Odamlar Paygʻambar ﷺ: ‹Juma kuni gusl qilinglar va — garchi junub boʻlmasangiz ham — boshlaringizni yuvinglar (yaʼni mukammal gusl qilinglar) va xushboʻy surtinglar›, — deb aytdi, deb rivoyat qilyapti», — dedim. Shunda Ibn Abbos: «Men gusl haqida bilaman (yaʼni u zarurdir), lekin xushboʻy haqida bilmayman (yaʼni u zarurmi, yoʻqmi)», — dedi.