حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، قَالَ حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، قَالَ أَخْبَرَنِي عَبْدُ الْحَمِيدِ، صَاحِبُ الزِّيَادِيِّ قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ الْحَارِثِ ابْنُ عَمِّ، مُحَمَّدِ بْنِ سِيرِينَ قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ لِمُؤَذِّنِهِ فِي يَوْمٍ مَطِيرٍ إِذَا قُلْتَ أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ اللَّهِ. فَلاَ تَقُلْ حَىَّ عَلَى الصَّلاَةِ. قُلْ صَلُّوا فِي بُيُوتِكُمْ. فَكَأَنَّ النَّاسَ اسْتَنْكَرُوا، قَالَ فَعَلَهُ مَنْ هُوَ خَيْرٌ مِنِّي، إِنَّ الْجُمُعَةَ عَزْمَةٌ، وَإِنِّي كَرِهْتُ أَنْ أُخْرِجَكُمْ، فَتَمْشُونَ فِي الطِّينِ وَالدَّحْضِ.
Muhammad ibn Siyrin (Ibn Abbosdan) rivoyat qiladi: Yomgʻirli kuni Ibn Abbos oʻz muazziniga: «‹Ashhadu anna Muhammadan Rasululloh› (Men Muhammad Allohning Rasuli ekanligiga guvohlik beraman) deganingdan keyin ‹Hayya alas-solah› (Namozga kelinglar) dema, balki: ‹Uylaringizda namoz oʻqinglar›, — de», — dedi. (U kishi shunday qildi.) Lekin odamlar buni yoqtirmadi. Ibn Abbos: «Buni mendan koʻproq yaxshi (zot) — yaʼni Paygʻambar ﷺ — qilgan edilar. Shubhasiz, juma namozi vojibdir, lekin men sizlarni loy va botqoqda yurgʻizib (masjidga) chiqarib, qiynashni yoqtirmadim», — dedi.