حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ أَبِي مَرْيَمَ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو غَسَّانَ، قَالَ حَدَّثَنِي أَبُو حَازِمٍ، عَنْ سَهْلٍ، قَالَ كَانَتْ فِينَا امْرَأَةٌ تَجْعَلُ عَلَى أَرْبِعَاءَ فِي مَزْرَعَةٍ لَهَا سِلْقًا، فَكَانَتْ إِذَا كَانَ يَوْمُ جُمُعَةٍ تَنْزِعُ أُصُولَ السِّلْقِ فَتَجْعَلُهُ فِي قِدْرٍ، ثُمَّ تَجْعَلُ عَلَيْهِ قَبْضَةً مِنْ شَعِيرٍ تَطْحَنُهَا، فَتَكُونُ أُصُولُ السِّلْقِ عَرْقَهُ، وَكُنَّا نَنْصَرِفُ مِنْ صَلاَةِ الْجُمُعَةِ فَنُسَلِّمُ عَلَيْهَا، فَتُقَرِّبُ ذَلِكَ الطَّعَامَ إِلَيْنَا فَنَلْعَقُهُ، وَكُنَّا نَتَمَنَّى يَوْمَ الْجُمُعَةِ لِطَعَامِهَا ذَلِكَ.
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bizning oramizda bir ayol bor edi — uning (ekin) maydoni bor edi va u oʻz maydonidagi ariqlar boʻyiga silq (bir turli sabzavot) ekar edi. Juma kunlari u silqni ildizi bilan sugʻurib, ildizlarini bir idishga solar edi. Soʻng uning ustiga bir hovuch yanchilgan arpa solib, uni pishirar edi. Silqning ildizlari goʻsht oʻrnini bosar edi. Juma namozini tugatgach, biz unga salom berar edik va u bizga oʻsha taomni berar edi; biz uni qoʻllarimiz bilan yer edik. Oʻsha taom sababli biz jumani (intizor boʻlib) kutar edik.