حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عَبْدِ الْوَهَّابِ، قَالَ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ، قَالَتْ أُمِرْنَا أَنْ نُخْرِجَ، الْعَوَاتِقَ وَذَوَاتِ الْخُدُورِ. وَعَنْ أَيُّوبَ عَنْ حَفْصَةَ بِنَحْوِهِ. وَزَادَ فِي حَدِيثِ حَفْصَةَ قَالَ أَوْ قَالَتِ الْعَوَاتِقَ وَذَوَاتِ الْخُدُورِ، وَيَعْتَزِلْنَ الْحُيَّضُ الْمُصَلَّى.
Muhammad ibn Siyrin (Ummu Atiyyadan) rivoyat qiladi: Ummu Atiyya dedi: «Paygʻambarimiz bizni (iyd kuni) balogʻatga yetgan qizlar va parda ortida (xilvatda) turgan qizlar bilan (birga) chiqishga buyurdilar». Hafsa yuqoridagi hadisni rivoyat qildi va: «Balogʻatga yetgan qizlar yoki parda ortida turgan qizlar (chiqdi), lekin hayzli ayollar joynamozdan (iydgohdan) chetda turishi (kerak edi)», — deb qoʻshdi.