حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ شَرِيكِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ هَلَكَتِ الْمَوَاشِي وَتَقَطَّعَتِ السُّبُلُ. فَدَعَا، فَمُطِرْنَا مِنَ الْجُمُعَةِ إِلَى الْجُمُعَةِ، ثُمَّ جَاءَ فَقَالَ تَهَدَّمَتِ الْبُيُوتُ وَتَقَطَّعَتِ السُّبُلُ، وَهَلَكَتِ الْمَوَاشِي فَادْعُ اللَّهَ يُمْسِكْهَا. فَقَامَ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " اللَّهُمَّ عَلَى الآكَامِ وَالظِّرَابِ وَالأَوْدِيَةِ وَمَنَابِتِ الشَّجَرِ ". فَانْجَابَتْ عَنِ الْمَدِينَةِ انْجِيَابَ الثَّوْبِ.
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Paygʻambar ﷺ ning oldiga kelib: «Mollar halok boʻldi va yoʻllar uzildi», — dedi. Bas, Rasululloh ﷺ yomgʻir uchun Allohga duo qildilar va oʻsha jumadan keyingi jumagacha yomgʻir yogʻdi. Oʻsha kishi yana kelib: «Uylar quladi, yoʻllar uzildi va mollar halok boʻldi; yomgʻirni toʻxtatishni Allohdan soʻra», — dedi. Rasululloh ﷺ (turib): «Allohim, tepaliklarga, qirlarga, vodiylarga va daraxt oʻsadigan joylarga (yogʻdir)», — dedilar. Bas, bulutlar Madinadan — kiyim yechilgandek — tarqadi.