حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَوْنٍ، قَالَ حَدَّثَنَا خَالِدٌ، عَنْ يُونُسَ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنْ أَبِي بَكْرَةَ، قَالَ كُنَّا عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَانْكَسَفَتِ الشَّمْسُ، فَقَامَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَجُرُّ رِدَاءَهُ حَتَّى دَخَلَ الْمَسْجِدَ، فَدَخَلْنَا فَصَلَّى بِنَا رَكْعَتَيْنِ، حَتَّى انْجَلَتِ الشَّمْسُ فَقَالَ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ لاَ يَنْكَسِفَانِ لِمَوْتِ أَحَدٍ، فَإِذَا رَأَيْتُمُوهُمَا فَصَلُّوا، وَادْعُوا، حَتَّى يُكْشَفَ مَا بِكُمْ ".
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan birga edik; (oʻsha paytda) quyosh tutildi. Rasululloh ﷺ ridolarini sudragan holda turib, masjidga kirdilar. U zot bizga — to quyosh (tutilishi) ochilguncha — ikki rakat namozga imomlik qildilar. Soʻng Paygʻambar ﷺ: «Quyosh va oy biror kishining oʻlishi sababli tutilmaydi. Bas, qachon bu tutilishlarni koʻrsangiz, tutilish ochilguncha namoz oʻqinglar va (Allohga) duo qilinglar», — dedilar.