وَقَالَ اللَّيْثُ حَدَّثَنِي يُونُسُ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، قَالَ قَالَ سَالِمٌ كَانَ عَبْدُ اللَّهِ يُصَلِّي عَلَى دَابَّتِهِ مِنَ اللَّيْلِ وَهْوَ مُسَافِرٌ، مَا يُبَالِي حَيْثُ مَا كَانَ وَجْهُهُ. قَالَ ابْنُ عُمَرَ وَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُسَبِّحُ عَلَى الرَّاحِلَةِ قِبَلَ أَىِّ وَجْهٍ تَوَجَّهَ، وَيُوتِرُ عَلَيْهَا، غَيْرَ أَنَّهُ لاَ يُصَلِّي عَلَيْهَا الْمَكْتُوبَةَ.
Solim (Ibn Umardan) rivoyat qiladi: Kechasi Abdulloh ibn Umar safarda ulovining ustida namoz oʻqir va qaysi tomonga yuzlanganiga eʼtibor bermas edi. Ibn Umar: «Rasululloh ﷺ ulovining ustida — har qanday tomonga yuzlanib — nafl namoz oʻqir va unda vitrni ham oʻqir edilar; lekin unda farz namozni hech qachon oʻqimas edilar», — dedi.