حَدَّثَنَا أَبُو مَعْمَرٍ، قَالَ حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، قَالَ حَدَّثَنَا حُسَيْنٌ الْمُعَلِّمُ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ بُرَيْدَةَ، أَنَّ عِمْرَانَ بْنَ حُصَيْنٍ ـ وَكَانَ رَجُلاً مَبْسُورًا ـ وَقَالَ أَبُو مَعْمَرٍ مَرَّةً عَنْ عِمْرَانَ، قَالَ سَأَلْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم عَنْ صَلاَةِ الرَّجُلِ وَهْوَ قَاعِدٌ فَقَالَ " مَنْ صَلَّى قَائِمًا فَهْوَ أَفْضَلُ، وَمَنْ صَلَّى قَاعِدًا فَلَهُ نِصْفُ أَجْرِ الْقَائِمِ، وَمَنْ صَلَّى نَائِمًا فَلَهُ نِصْفُ أَجْرِ الْقَاعِدِ ". قَالَ أَبُو عَبْدِ اللَّهِ نَائِمًا عِنْدِي مُضْطَجِعًا هَا هُنَا.
Abdulloh ibn Burayda (Imron ibn Husayndan) rivoyat qiladi: Imron ibn Husayn bavosir (kasalligiga giriftor) edi. Bir kuni Abu Maʼmar Imron ibn Husayndan (rivoyat qilib) aytdi: «Men Paygʻambar ﷺ dan kishining oʻtirgan holda namoz oʻqishi haqida soʻradim. U zot: ‹Kishi uchun tik turib namoz oʻqish yaxshiroq; oʻtirib namoz oʻqigan kishi tik turib oʻqigan (kishi)ning savobining yarmiga (erishadi); yonboshlab namoz oʻqigan kishi esa oʻtirib oʻqigan (kishi)ning savobining yarmiga (erishadi)›, — dedilar».