حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، عَنْ حُمَيْدٍ، أَنَّهُ سَمِعَ أَنَسًا ـ رضى الله عنه ـ يَقُولُ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُفْطِرُ مِنَ الشَّهْرِ حَتَّى نَظُنَّ أَنْ لاَ يَصُومَ مِنْهُ، وَيَصُومُ حَتَّى نَظُنَّ أَنْ لاَ يُفْطِرَ مِنْهُ شَيْئًا، وَكَانَ لاَ تَشَاءُ أَنْ تَرَاهُ مِنَ اللَّيْلِ مُصَلِّيًا إِلاَّ رَأَيْتَهُ وَلاَ نَائِمًا إِلاَّ رَأَيْتَهُ. تَابَعَهُ سُلَيْمَانُ وَأَبُو خَالِدٍ الأَحْمَرُ عَنْ حُمَيْدٍ.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Baʼzan Rasululloh ﷺ (shunchalik koʻp kun) roʻza tutmas edilarki, biz u zot oʻsha oyda roʻza tutmaydi, deb oʻylar edik; va baʼzan (shunchalik koʻp kun) roʻza tutar edilarki, biz u zot oʻsha oy davomida roʻzani tark etmaydi, deb oʻylar edik. (Kechadagi namoz va uyqusiga kelsa,) agar uni kechasi namoz oʻqiyotgan holda koʻrmoqchi boʻlsang, koʻra olar eding; agar uni uxlab yotgan holda koʻrmoqchi boʻlsang, koʻra olar eding.