حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَمْرٍو، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا الشَّعْثَاءِ، جَابِرًا قَالَ سَمِعْتُ ابْنَ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ صَلَّيْتُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ثَمَانِيًا جَمِيعًا وَسَبْعًا جَمِيعًا. قُلْتُ يَا أَبَا الشَّعْثَاءِ أَظُنُّهُ أَخَّرَ الظُّهْرَ وَعَجَّلَ الْعَصْرَ وَعَجَّلَ الْعِشَاءَ وَأَخَّرَ الْمَغْرِبَ. قَالَ وَأَنَا أَظُنُّهُ.
Amr (Abu Shaʼso Jobirdan, Ibn Abbosdan) rivoyat qiladi: Men Abu Shaʼso Jobirning shunday deganini eshitdim: «Men Ibn Abbosning shunday deganini eshitdim: ‹Men Rasululloh ﷺ bilan sakkiz rakat (peshin va asr namozlarini) birga va yetti rakat (shom va xufton namozlarini) birga oʻqidim›». Men: «Ey Abu Shaʼso, menimcha, u zot peshinni kechiktirib, asrni erta; xuftonni erta, shomni kechiktirib oʻqigan boʻlsalar kerak», — dedim. Abu Shaʼso: «Menimcha ham shunday», — dedi.