حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ الْجَعْدِ، أَخْبَرَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَنَسِ بْنِ سِيرِينَ، قَالَ سَمِعْتُ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ الأَنْصَارِيَّ، قَالَ قَالَ رَجُلٌ مِنَ الأَنْصَارِ ـ وَكَانَ ضَخْمًا ـ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم إِنِّي لاَ أَسْتَطِيعُ الصَّلاَةَ مَعَكَ. فَصَنَعَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم طَعَامًا، فَدَعَاهُ إِلَى بَيْتِهِ، وَنَضَحَ لَهُ طَرَفَ حَصِيرٍ بِمَاءٍ فَصَلَّى عَلَيْهِ رَكْعَتَيْنِ. وَقَالَ فُلاَنُ بْنُ فُلاَنِ بْنِ جَارُودٍ لأَنَسٍ ـ رضى الله عنه ـ أَكَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يُصَلِّي الضُّحَى فَقَالَ مَا رَأَيْتُهُ صَلَّى غَيْرَ ذَلِكَ الْيَوْمِ.
Anas ibn Siyrin (Anas ibn Molikdan) rivoyat qiladi: Men Anas ibn Molik al-Ansoriyning shunday deganini eshitdim: «Juda semiz boʻlgan bir ansoriy kishi Paygʻambar ﷺ ga: ‹Men siz bilan (birga) namozga hozir boʻla olmayman›, — dedi. U Paygʻambar ﷺ uchun taom tayyorlab, u zotni uyiga taklif qildi. U boʻydan (toʻshangan) toʻqima joynamozning bir tomonini suv bilan yuvdi va Paygʻambar ﷺ unda ikki rakat oʻqidilar». Falonchi (Jarudning nabirasi) Anasdan: «Paygʻambar ﷺ Zuho namozini oʻqir midilar?» — deb soʻradi. Anas: «Men u zotni — oʻsha kundan boshqa — (Zuho namozini oʻqiyotgan holda) hech koʻrmagan edim», — dedi.