حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلاَمٍ، قَالَ أَخْبَرَنَا عَبْدَةُ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا أَمَرَهُمْ أَمَرَهُمْ مِنَ الأَعْمَالِ بِمَا يُطِيقُونَ قَالُوا إِنَّا لَسْنَا كَهَيْئَتِكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ، إِنَّ اللَّهَ قَدْ غَفَرَ لَكَ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ. فَيَغْضَبُ حَتَّى يُعْرَفَ الْغَضَبُ فِي وَجْهِهِ ثُمَّ يَقُولُ " إِنَّ أَتْقَاكُمْ وَأَعْلَمَكُمْ بِاللَّهِ أَنَا ".
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ musulmonlarni biror ishga buyurganlarida, ularning kuchi yetadigan (oson) amallarga buyurardilar. Ular: «Yo Rasululloh, biz siz kabi emasmiz; Alloh sizning oldingi va keyingi (gunohlaringizni) kechirgan», — deyishdi. Shunda Rasululloh ﷺ ning gʻazablari kelib, bu yuzlarida bilindi va: «Albatta, men sizlarning ichingizda Allohdan eng koʻp qoʻrqadiganingiz va Uni eng yaxshi bilganingizman», — dedilar.