حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْلَمَةَ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " أُرِيتُ النَّارَ فَإِذَا أَكْثَرُ أَهْلِهَا النِّسَاءُ يَكْفُرْنَ ". قِيلَ أَيَكْفُرْنَ بِاللَّهِ قَالَ " يَكْفُرْنَ الْعَشِيرَ، وَيَكْفُرْنَ الإِحْسَانَ، لَوْ أَحْسَنْتَ إِلَى إِحْدَاهُنَّ الدَّهْرَ ثُمَّ رَأَتْ مِنْكَ شَيْئًا قَالَتْ مَا رَأَيْتُ مِنْكَ خَيْرًا قَطُّ ".
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Menga doʻzax koʻrsatildi; uning ahlining koʻpchiligi noshukr ayollar ekan», — dedilar. «Ular Allohga kufr keltiradimi?» — deb soʻraldi. U zot: «Ular erlariga noshukrlik qiladilar, (koʻrsatilgan) yaxshilikka noshukrlik qiladilar. Sen ulardan biriga umr boʻyi yaxshilik qilsang-u, soʻng u sendan (oʻziga yoqmagan) biror narsani koʻrsa: ‹Sendan hech qachon yaxshilik koʻrmadim!› — deydi», — dedilar.