حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ هِشَامٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي أَبِي، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم دَخَلَ عَلَيْهَا وَعِنْدَهَا امْرَأَةٌ قَالَ " مَنْ هَذِهِ ". قَالَتْ فُلاَنَةُ. تَذْكُرُ مِنْ صَلاَتِهَا. قَالَ " مَهْ، عَلَيْكُمْ بِمَا تُطِيقُونَ، فَوَاللَّهِ لاَ يَمَلُّ اللَّهُ حَتَّى تَمَلُّوا ". وَكَانَ أَحَبَّ الدِّينِ إِلَيْهِ مَا دَامَ عَلَيْهِ صَاحِبُهُ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni Paygʻambar ﷺ kirib keldilar, yonimda bir ayol oʻtirgan edi. U zot: «Bu kim?» — dedilar. Men: «Falon ayol», — deb uning (haddan ortiq) namoz oʻqishini aytdim. U zot (buni yoqtirmay): «Kuchingiz yetadigan amallarni qilinglar! Allohga qasamki, Alloh (savob berishdan) charchamaydi, lekin sizlar charchaysizlar. Allohga eng suyukli amal — bardavom (doimiy) qilinganidir», — dedilar.