أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ جَعْفَرٍ، عَنْ حُمَيْدٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي عُبَادَةُ بْنُ الصَّامِتِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم خَرَجَ يُخْبِرُ بِلَيْلَةِ الْقَدْرِ، فَتَلاَحَى رَجُلاَنِ مِنَ الْمُسْلِمِينَ فَقَالَ " إِنِّي خَرَجْتُ لأُخْبِرَكُمْ بِلَيْلَةِ الْقَدْرِ، وَإِنَّهُ تَلاَحَى فُلاَنٌ وَفُلاَنٌ فَرُفِعَتْ وَعَسَى أَنْ يَكُونَ خَيْرًا لَكُمُ الْتَمِسُوهَا فِي السَّبْعِ وَالتِّسْعِ وَالْخَمْسِ ".
Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ odamlarga Qadr kechasi (qaysi kun ekani) haqida xabar berish uchun chiqdilar. Shunda ikki musulmon kishi oʻrtasida janjal boʻlib qoldi. Paygʻambar ﷺ: «Men sizlarga Qadr kechasi (qaysi kun ekani) haqida xabar berish uchun chiqqan edim; lekin falonchi bilan falonchi janjallashib qolgani sababli, uning ilmi koʻtarilib ketdi (men unutdim) — balki bu siz uchun yaxshiroqdir. Endi uni (Ramazonning oxirgi oʻn kechasidagi) yettinchi, toʻqqizinchi va beshinchi (kechalarda) izlanglar», — dedilar.