حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا مَالِكُ بْنُ أَنَسٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ ابْنِ بُحَيْنَةَ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّهُ قَالَ صَلَّى لَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَكْعَتَيْنِ مِنْ بَعْضِ الصَّلَوَاتِ ثُمَّ قَامَ فَلَمْ يَجْلِسْ، فَقَامَ النَّاسُ مَعَهُ، فَلَمَّا قَضَى صَلاَتَهُ وَنَظَرْنَا تَسْلِيمَهُ كَبَّرَ قَبْلَ التَّسْلِيمِ فَسَجَدَ سَجْدَتَيْنِ وَهُوَ جَالِسٌ ثُمَّ سَلَّمَ.
Abdulloh ibn Buhayna (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir marta Rasululloh ﷺ bizga namozga imomlik qilib, ikki rakat oʻqidilar va (ikkinchi rakatdan keyin) oʻtirmay, (uchinchi rakatga) turdilar. Odamlar ham u zot bilan turdi va u zot namozni tugatmoqchi boʻlganlarida, biz u zotni namozni salom bilan tugatadi, deb kutdik; lekin u zot salomdan oldin takbir aytdilar va oʻtirgan holda ikki sajda qildilar, soʻng namozni salom bilan tugatdilar.