حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، قَالَ حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ الْمُسَيَّبِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَعَى النَّجَاشِيَّ فِي الْيَوْمِ الَّذِي مَاتَ فِيهِ، خَرَجَ إِلَى الْمُصَلَّى، فَصَفَّ بِهِمْ وَكَبَّرَ أَرْبَعًا.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Najoshiyning oʻlimini — u vafot etgan kunning oʻzida — (odamlarga) xabar berdilar. U zot namozgohga tomon yurdilar va odamlar u zot orqasida saf tortdi. U zot toʻrt takbir aytdilar (yaʼni janoza namozini oʻqidilar).