حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ عُبَيْدٍ، عَنْ عَلِيِّ بْنِ رَبِيعَةَ، عَنِ الْمُغِيرَةِ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِنَّ كَذِبًا عَلَىَّ لَيْسَ كَكَذِبٍ عَلَى أَحَدٍ، مَنْ كَذَبَ عَلَىَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ ". سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَنْ نِيحَ عَلَيْهِ يُعَذَّبُ بِمَا نِيحَ عَلَيْهِ ".
Mugʻira (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Paygʻambar ﷺ ning shunday deganini eshitdim: «Menga nisbatan yolgʻon (gap) toʻqish — boshqa birovga nisbatan yolgʻon (gap) toʻqishdek emas. Kim menga nisbatan ataylab yolgʻon (gap) toʻqisa, doʻzaxdan oʻz joyini egallab olsin». Men Paygʻambar ﷺ ning yana shunday deganini eshitdim: «Uning ortidan yigʻi (nola) qilingan mayyit oʻsha yigʻi (nola) sababli azoblanadi».