حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ فُضَيْلٍ، حَدَّثَنَا عَاصِمٌ الأَحْوَلُ، عَنْ أَنَسٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ قَنَتَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم شَهْرًا حِينَ قُتِلَ الْقُرَّاءُ، فَمَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حَزِنَ حُزْنًا قَطُّ أَشَدَّ مِنْهُ.
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Qori (Qurʼon qiroatchilari) shahid boʻlganda, Rasululloh ﷺ bir oy davomida qunut (duosi) oʻqidilar va men u zotni (Rasululloh ﷺ ni) oʻsha kundagidek gʻamgin holda hech koʻrmagan edim.