حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي ذِئْبٍ، عَنْ سَعِيدٍ الْمَقْبُرِيِّ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ كُنَّا فِي جَنَازَةٍ فَأَخَذَ أَبُو هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ بِيَدِ مَرْوَانَ فَجَلَسَا قَبْلَ أَنْ تُوضَعَ، فَجَاءَ أَبُو سَعِيدٍ ـ رضى الله عنه ـ فَأَخَذَ بِيَدِ مَرْوَانَ فَقَالَ قُمْ فَوَاللَّهِ لَقَدْ عَلِمَ هَذَا أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم نَهَانَا عَنْ ذَلِكَ. فَقَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ صَدَقَ.
Said al-Maqburiy (otasidan) rivoyat qiladi: Otam dedi: «Biz bir janozaga hamroh boʻlgan paytimizda, Abu Hurayra Marvonning qoʻlini ushladi va ular — tobut (yerga) qoʻyilishdan oldin — oʻtirdi. Soʻng Abu Said kelib, Marvonning qoʻlini ushlab: ‹Tur. Allohga qasamki, shubhasiz, bu (Abu Hurayra) Paygʻambar ﷺ bizni bundan qaytarganlarini biladi›, — dedi. Abu Hurayra: ‹U (Abu Said) rost aytdi›, — dedi».