حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَاحِدِ، حَدَّثَنَا الشَّيْبَانِيُّ، عَنْ عَامِرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مَرَّ بِقَبْرٍ قَدْ دُفِنَ لَيْلاً فَقَالَ " مَتَى دُفِنَ هَذَا ". قَالُوا الْبَارِحَةَ. قَالَ " أَفَلاَ آذَنْتُمُونِي ". قَالُوا دَفَنَّاهُ فِي ظُلْمَةِ اللَّيْلِ فَكَرِهْنَا أَنْ نُوقِظَكَ. فَقَامَ فَصَفَفْنَا خَلْفَهُ. قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ وَأَنَا فِيهِمْ فَصَلَّى عَلَيْهِ.
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ kechasi dafn etilgan bir mayyitning qabri yonidan oʻtdilar. U zot: «Bu (mayyit) qachon dafn etildi?» — dedilar. Odamlar: «Kecha», — dedi. U zot: «Nega menga xabar bermadingiz?» — dedilar. Ular: «Biz uni qorongʻi (paytda) dafn qildik; shuning uchun sizni uygʻotishni yoqtirmadik», — dedi. U zot turdilar va biz u zot orqasida saf tortdik. (Ibn Abbos dedi:) Men ulardan biri edim va Paygʻambar ﷺ janoza namozini oʻqidilar.