حَدَّثَنَا يَحْيَى، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنْ طَاوُسٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ مَرَّ بِقَبْرَيْنِ يُعَذَّبَانِ فَقَالَ " إِنَّهُمَا لَيُعَذَّبَانِ وَمَا يُعَذَّبَانِ فِي كَبِيرٍ أَمَّا أَحَدُهُمَا فَكَانَ لاَ يَسْتَتِرُ مِنَ الْبَوْلِ، وَأَمَّا الآخَرُ فَكَانَ يَمْشِي بِالنَّمِيمَةِ ". ثُمَّ أَخَذَ جَرِيدَةً رَطْبَةً فَشَقَّهَا بِنِصْفَيْنِ، ثُمَّ غَرَزَ فِي كُلِّ قَبْرٍ وَاحِدَةً. فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ، لِمَ صَنَعْتَ هَذَا فَقَالَ " لَعَلَّهُ أَنْ يُخَفَّفَ عَنْهُمَا مَا لَمْ يَيْبَسَا ".
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ bir marta ikki qabr yonidan oʻtdilar va oʻsha ikki (qabrdagi) kishi azoblanayotgan edi. U zot: «Ular katta (saqlanishi qiyin) narsa uchun emas (balki oson narsa uchun) azoblanayapti. Ulardan biri oʻz siydigidan saqlanmas edi; boshqasi esa gʻiybat (chaqimchilik) bilan yurar edi (doʻstlar orasiga adovat solar edi)», — dedilar. Soʻng u zot xurmo daraxtining yashil bargini olib, uni ikkiga boʻldilar va har bir qabrga bittadan qadab qoʻydilar. Odamlar: «Yo Rasululloh, nega shunday qildingiz?» — dedi. U zot: «Ular (barglar) quriguncha, ularning azobi yengillashishini umid qilaman», — dedilar.