حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، حَدَّثَنِي سُلَيْمَانُ، عَنْ هِشَامٍ، وَحَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا أَبُو مَرْوَانَ، يَحْيَى بْنُ أَبِي زَكَرِيَّاءَ عَنْ هِشَامٍ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ إِنْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لَيَتَعَذَّرُ فِي مَرَضِهِ " أَيْنَ أَنَا الْيَوْمَ أَيْنَ أَنَا غَدًا " اسْتِبْطَاءً لِيَوْمِ عَائِشَةَ، فَلَمَّا كَانَ يَوْمِي قَبَضَهُ اللَّهُ بَيْنَ سَحْرِي وَنَحْرِي، وَدُفِنَ فِي بَيْتِي.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oʻz (vafotiga sabab boʻlgan) kasalliklari paytida takror-takror: «Men bugun qayerdaman? Ertaga qayerda boʻlaman?» — deb soʻrar edilar — men oʻz (galim keladigan) kunimni (sabrsizlik bilan) kutar edim. Soʻng, mening galim kelganda, Alloh u zotning jonini (mening qoʻynimda) — koʻkragim bilan boʻynim orasida — oldi va u zot mening uyimda dafn etildi.