حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ فِرَاسٍ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنْ عَائِشَةَ، رضى الله عنها أَنَّ بَعْضَ، أَزْوَاجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قُلْنَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَيُّنَا أَسْرَعُ بِكَ لُحُوقًا قَالَ " أَطْوَلُكُنَّ يَدًا ". فَأَخَذُوا قَصَبَةً يَذْرَعُونَهَا، فَكَانَتْ سَوْدَةُ أَطْوَلَهُنَّ يَدًا، فَعَلِمْنَا بَعْدُ أَنَّمَا كَانَتْ طُولَ يَدِهَا الصَّدَقَةُ، وَكَانَتْ أَسْرَعَنَا لُحُوقًا بِهِ وَكَانَتْ تُحِبُّ الصَّدَقَةَ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ ning baʼzi zavjalari u zotdan: «Bizdan qaysibirimiz sizga birinchi boʻlib (ergashib) yetib boramiz (yaʼni sizdan keyin birinchi boʻlib vafot etamiz)?» — deb soʻradi. U zot: «Qoʻli eng uzun (boʻlgan)ingiz», — dedilar. Bas, ular qoʻllarini tayoq bilan oʻlchay boshladi va Savdaning qoʻli eng uzun chiqdi. (Zaynab bint Jahsh Umar xilofati paytida hammadan birinchi boʻlib vafot etganda,) biz — uzun qoʻl sadaqa qilishning ramzi ekanini — bildik; bas, u (Zaynab) Paygʻambar ﷺ ga birinchi boʻlib (ergashib) yetib bordi va u sadaqa qilishni sevar edi. (Savda keyinroq, Muoviya xilofati paytida vafot etdi.)