حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ ابْنُ عُلَيَّةَ، حَدَّثَنَا خَالِدٌ الْحَذَّاءُ، عَنِ ابْنِ أَشْوَعَ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، حَدَّثَنِي كَاتِبُ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ، قَالَ كَتَبَ مُعَاوِيَةُ إِلَى الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ أَنِ اكْتُبْ، إِلَىَّ بِشَىْءٍ سَمِعْتَهُ مِنَ النَّبِيِّ، صلى الله عليه وسلم. فَكَتَبَ إِلَيْهِ سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِنَّ اللَّهَ كَرِهَ لَكُمْ ثَلاَثًا قِيلَ وَقَالَ، وَإِضَاعَةَ الْمَالِ، وَكَثْرَةَ السُّؤَالِ ".
Shaʼbiy (Mugʻira ibn Shuʼba kotibidan) rivoyat qiladi: Muoviya Mugʻira ibn Shuʼbaga: «Menga — Paygʻambar ﷺ dan eshitgan biror narsangni — yoz», — deb (xat) yozdi. Bas, Mugʻira yozdi: Men Paygʻambar ﷺ ning shunday deganini eshitdim: «Alloh sizlar uchun uch narsani yomon koʻrdi: birinchisi — behuda (foydasiz) gap-soʻz (yaʼni koʻp gapirish yoki birovlar haqida gapirish); ikkinchisi — molni (isrofgarchilik bilan) zoye qilish; uchinchisi — koʻp savol berish (nizoli diniy masalalarda) yoki (juda muhtoj boʻlmay turib) odamlardan (biror narsa) soʻrash».