وَقَالَ اللَّيْثُ حَدَّثَنِي جَعْفَرُ بْنُ رَبِيعَةَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ هُرْمُزَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم " أَنَّ رَجُلاً مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ سَأَلَ بَعْضَ بَنِي إِسْرَائِيلَ بِأَنْ يُسْلِفَهُ أَلْفَ دِينَارٍ، فَدَفَعَهَا إِلَيْهِ، فَخَرَجَ فِي الْبَحْرِ، فَلَمْ يَجِدْ مَرْكَبًا، فَأَخَذَ خَشَبَةً فَنَقَرَهَا فَأَدْخَلَ فِيهَا أَلْفَ دِينَارٍ، فَرَمَى بِهَا فِي الْبَحْرِ، فَخَرَجَ الرَّجُلُ الَّذِي كَانَ أَسْلَفَهُ، فَإِذَا بِالْخَشَبَةِ فَأَخَذَهَا لأَهْلِهِ حَطَبًا ـ فَذَكَرَ الْحَدِيثَ ـ فَلَمَّا نَشَرَهَا وَجَدَ الْمَالَ ".
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Bani Isroildan bir kishi yana Bani Isroildan bir kishidan ming dinor qarz soʻradi va u (qarz beruvchi) unga (uni) berdi. Qarzdor — (qarzni toʻlash vaqti yetganda) — dengiz safariga chiqdi, lekin (qaytishda) kema topmadi; bas, u bir parcha yogʻochni olib, uni teshdi, ichiga ming dinorni solib, uni dengizga tashladi. Qarz beruvchi (oʻz uyidan) chiqdi va oʻsha yogʻochni — oʻtin qilib ishlatish uchun — oilasiga olib bordi». Paygʻambar ﷺ (bu) rivoyatni (aytdilar va): «U yogʻochni arralaganda, oʻz pulini topdi», — dedilar.