حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَالِمٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ قَالَ دَخَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الْبَيْتَ هُوَ وَأُسَامَةُ بْنُ زَيْدٍ، وَبِلاَلٌ، وَعُثْمَانُ بْنُ طَلْحَةَ، فَأَغْلَقُوا عَلَيْهِمْ فَلَمَّا فَتَحُوا، كُنْتُ أَوَّلَ مَنْ وَلَجَ، فَلَقِيتُ بِلاَلاً فَسَأَلْتُهُ هَلْ صَلَّى فِيهِ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ نَعَمْ، بَيْنَ الْعَمُودَيْنِ الْيَمَانِيَيْنِ.
Solim (otasidan) rivoyat qiladi: Otam dedi: «Rasululloh ﷺ, Usoma ibn Zayd, Bilol va Usmon ibn Abu Talha Kaʼbaga kirdi, soʻng uning eshigini yopdi. Ular eshikni ochganda, men (Kaʼbaga) birinchi boʻlib kirgan kishi edim. Men Bilolni uchratib, undan: ‹Rasululloh ﷺ (Kaʼba) ichida namoz oʻqidilarmi?› — deb soʻradim. Bilol ‹ha› (deb javob berdi) va: ‹(Paygʻambar ﷺ namozni) ikki oʻng ustun orasida (oʻqidilar)›, — dedi».