حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ عُرْوَةُ سَأَلْتُ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ فَقُلْتُ لَهَا أَرَأَيْتِ قَوْلَ اللَّهِ تَعَالَى
﴿ إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ فَمَنْ حَجَّ الْبَيْتَ أَوِ اعْتَمَرَ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْهِ أَنْ يَطَّوَّفَ بِهِمَا ﴾ فَوَاللَّهِ مَا عَلَى أَحَدٍ جُنَاحٌ أَنْ لاَ يَطُوفَ بِالصَّفَا وَالْمَرْوَةِ. قَالَتْ بِئْسَ مَا قُلْتَ يَا ابْنَ أُخْتِي إِنَّ هَذِهِ لَوْ كَانَتْ كَمَا أَوَّلْتَهَا عَلَيْهِ كَانَتْ لاَ جُنَاحَ عَلَيْهِ أَنْ لاَ يَتَطَوَّفَ بِهِمَا، وَلَكِنَّهَا أُنْزِلَتْ فِي الأَنْصَارِ، كَانُوا قَبْلَ أَنْ يُسْلِمُوا يُهِلُّونَ لِمَنَاةَ الطَّاغِيَةِ الَّتِي كَانُوا يَعْبُدُونَهَا عِنْدَ الْمُشَلَّلِ، فَكَانَ مَنْ أَهَلَّ يَتَحَرَّجُ أَنْ يَطُوفَ بِالصَّفَا وَالْمَرْوَةِ، فَلَمَّا أَسْلَمُوا سَأَلُوا رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنْ ذَلِكَ قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ، إِنَّا كُنَّا نَتَحَرَّجُ أَنْ نَطُوفَ بَيْنَ الصَّفَا وَالْمَرْوَةِ، فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى ﴿ إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ ﴾ الآيَةَ. قَالَتْ عَائِشَةُ ـ رضى الله عنها ـ وَقَدْ سَنَّ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الطَّوَافَ بَيْنَهُمَا، فَلَيْسَ لأَحَدٍ أَنْ يَتْرُكَ الطَّوَافَ بَيْنَهُمَا. ثُمَّ أَخْبَرْتُ أَبَا بَكْرِ بْنَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، فَقَالَ إِنَّ هَذَا لَعِلْمٌ مَا كُنْتُ سَمِعْتُهُ، وَلَقَدْ سَمِعْتُ رِجَالاً مِنْ أَهْلِ الْعِلْمِ، يَذْكُرُونَ أَنَّ النَّاسَ إِلاَّ مَنْ ذَكَرَتْ عَائِشَةُ مِمَّنْ كَانَ يُهِلُّ بِمَنَاةَ، كَانُوا يَطُوفُونَ كُلُّهُمْ بِالصَّفَا وَالْمَرْوَةِ، فَلَمَّا ذَكَرَ اللَّهُ تَعَالَى الطَّوَافَ بِالْبَيْتِ، وَلَمْ يَذْكُرِ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ فِي الْقُرْآنِ قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ كُنَّا نَطُوفُ بِالصَّفَا وَالْمَرْوَةِ، وَإِنَّ اللَّهَ أَنْزَلَ الطَّوَافَ بِالْبَيْتِ، فَلَمْ يَذْكُرِ الصَّفَا فَهَلْ عَلَيْنَا مِنْ حَرَجٍ أَنْ نَطَّوَّفَ بِالصَّفَا وَالْمَرْوَةِ فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى ﴿ إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ ﴾ الآيَةَ. قَالَ أَبُو بَكْرٍ فَأَسْمَعُ هَذِهِ الآيَةَ نَزَلَتْ فِي الْفَرِيقَيْنِ كِلَيْهِمَا فِي الَّذِينَ كَانُوا يَتَحَرَّجُونَ أَنْ يَطُوفُوا بِالْجَاهِلِيَّةِ بِالصَّفَا وَالْمَرْوَةِ، وَالَّذِينَ يَطُوفُونَ ثُمَّ تَحَرَّجُوا أَنْ يَطُوفُوا بِهِمَا فِي الإِسْلاَمِ مِنْ أَجْلِ أَنَّ اللَّهَ تَعَالَى أَمَرَ بِالطَّوَافِ بِالْبَيْتِ، وَلَمْ يَذْكُرِ الصَّفَا حَتَّى ذَكَرَ ذَلِكَ بَعْدَ مَا ذَكَرَ الطَّوَافَ بِالْبَيْتِ.Urva (Oishadan) rivoyat qiladi: Men Oishadan: «Allohning (mana bu) soʻzini qanday tushunasiz: ‹Albatta, Safo va Marva — Allohning (dini) shiorlaridan(dir); bas, kim (Kaʼbani) haj qilsa yoki umra qilsa, ularning (Safo va Marva) orasida tavof qilishi uning uchun gunoh emas› (Baqara, 158). Allohga qasamki, (bu oyatdan) — kishi Safo bilan Marva orasida tavof qilmasa ham, hech zarar yoʻqligi (koʻrinmoqda)», — deb soʻradim. Oisha: «Ey jiyanim, sening tafsiring toʻgʻri emas. Agar sening bu tafsiring toʻgʻri boʻlganda, Allohning soʻzi: ‹Ularning orasida tavof qilmasa, uning uchun gunoh emas›, — boʻlishi kerak edi. Aslida, bu (oyat) — ansorlar haqida nozil boʻldi: ular Islomni qabul qilishdan oldin Mushallal degan joyda ‹Manot› degan butga sigʻinar edi va kim (oʻsha butga) ehrom bogʻlagan boʻlsa, u Safo bilan Marva orasida tavof qilishni (oʻziga) nomaʼqul deb bilar edi. Ular Islomni qabul qilganda, bu haqda Rasululloh ﷺ dan: ‹Yo Rasululloh, biz Safo bilan Marva orasida tavof qilishdan tiyilar edik›, — deb soʻradi. Bas, Alloh: ‹Albatta, Safo va Marva — Allohning shiorlaridandir›, — degan (oyatni) nozil qildi», — dedi. Oisha qoʻshdi: «Albatta, Rasululloh ﷺ Safo bilan Marva orasida tavof qilish (saʼy)ni sunnat qildi; shuning uchun hech kim ularning orasida tavof qilmay qolishi joiz emas». Keyin men (Urva) buni (Oishaning rivoyatini) Abu Bakr ibn Abdurrahmonga aytdim; u: «Men bunday xabarni eshitmadim, lekin men olimlarning shunday deganini eshitdim: Oisha zikr qilgan — Manot uchun ehrom bogʻlaydigan — kishilardan boshqa barcha odamlar Safo bilan Marva orasida tavof qilar edi. Alloh Kaʼba tavofini zikr qilib, Qurʼonda Safo va Marvani zikr qilmaganda, odamlar: ‹Yo Rasululloh, biz Safo bilan Marva orasida tavof qilar edik va Alloh Kaʼba tavofi(ning oyatini) nozil qildi-yu, Safo va Marvani zikr qilmadi. Agar biz Safo bilan Marva orasida tavof qilsak, biror gunoh boʻladimi?› — dedi. Bas, Alloh: ‹Albatta, Safo va Marva — Allohning shiorlaridandir›, — degan (oyatni) nozil qildi», — dedi. Abu Bakr: «Menga koʻrinishicha, bu oyat ikki guruh haqida nozil boʻlgan: johiliyat davrida Safo bilan Marva orasida tavof qilishdan tiyilganlar va oʻsha paytda tavof qilganlar — ular Islomni qabul qilgach, Alloh Kaʼba tavofini buyurib, Safo va Marvani (avval) zikr qilmagani uchun, ularning orasida tavof qilishdan tiyildi — chunki Alloh (Safo-Marva) tavofini Kaʼba tavofini zikr qilganidan keyingina zikr qildi», — dedi.