حَدَّثَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ الأَزْرَقُ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَبْدِ الْعَزِيزِ بْنِ رُفَيْعٍ، قَالَ سَأَلْتُ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ ـ رضى الله عنه ـ قُلْتُ أَخْبِرْنِي بِشَىْءٍ، عَقَلْتَهُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَيْنَ صَلَّى الظُّهْرَ وَالْعَصْرَ يَوْمَ التَّرْوِيَةِ قَالَ بِمِنًى. قُلْتُ فَأَيْنَ صَلَّى الْعَصْرَ يَوْمَ النَّفْرِ قَالَ بِالأَبْطَحِ. ثُمَّ قَالَ افْعَلْ كَمَا يَفْعَلُ أُمَرَاؤُكَ.
Abdulaziz ibn Rufayʼ (Anasdan) rivoyat qiladi: Men Anas ibn Molikdan: «Rasululloh ﷺ dan (mana bu savollar haqida) esimda qolganini menga ayt: U zot Tarviya kuni (Zulhijjaning sakkizinchi kuni) peshin va asr namozini qayerda oʻqidilar?» — deb soʻradim. U: «(U zot bu namozlarni) Minoda (oʻqidilar)», — deb javob berdi. Men: «U zot Nafr kuni (yaʼni Zulhijjaning oʻn ikki yoki oʻn uchinchisida Minodan koʻchish kuni) asr namozini qayerda oʻqidilar?» — deb soʻradim. U: «Abtahda», — dedi, soʻng qoʻshdi: «Sen ham oʻz amirlaring (boshliqlaring) qilganidek qil».