حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ يُوسُفَ، أَخْبَرَنَا مَالِكٌ، عَنْ مُوسَى بْنِ عُقْبَةَ، عَنْ كُرَيْبٍ، عَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّهُ سَمِعَهُ يَقُولُ دَفَعَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مِنْ عَرَفَةَ، فَنَزَلَ الشِّعْبَ، فَبَالَ ثُمَّ تَوَضَّأَ، وَلَمْ يُسْبِغِ الْوُضُوءَ. فَقُلْتُ لَهُ الصَّلاَةُ. فَقَالَ " الصَّلاَةُ أَمَامَكَ ". فَجَاءَ الْمُزْدَلِفَةَ، فَتَوَضَّأَ، فَأَسْبَغَ، ثُمَّ أُقِيمَتِ الصَّلاَةُ، فَصَلَّى الْمَغْرِبَ، ثُمَّ أَنَاخَ كُلُّ إِنْسَانٍ بَعِيرَهُ فِي مَنْزِلِهِ، ثُمَّ أُقِيمَتِ الصَّلاَةُ فَصَلَّى، وَلَمْ يُصَلِّ بَيْنَهُمَا.
Usoma ibn Zayd (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Arafatdan qaytdilar va togʻ dovonida (ulovdan) tushdilar, soʻng (bevosita ehtiyojini) qondirdilar hamda yengil tahorat qildilar. Men u zotga: «Namoz (oʻqiylikmi)?» — dedim. U zot: «Namoz (joyi) — oldinda (yaʼni Muzdalifada)», — dedilar. U zot Muzdalifaga kelganda, mukammal tahorat qildilar. Soʻng namozga iqomat aytildi va u zot shom namozini oʻqidilar; soʻng har bir kishi oʻz joyida tuyasini choʻktirdi; soʻng (yana) namozga iqomat aytildi va u zot (xufton) namozini oʻqidilar hamda ular (shom va xufton namozi) orasida (boshqa) hech namoz oʻqimadilar.