حَدَّثَنَا أَبُو النُّعْمَانِ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ عِكْرِمَةَ، أَنَّ أَهْلَ الْمَدِينَةِ، سَأَلُوا ابْنَ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ عَنِ امْرَأَةٍ، طَافَتْ ثُمَّ حَاضَتْ، قَالَ لَهُمْ تَنْفِرُ. قَالُوا لاَ نَأْخُذُ بِقَوْلِكَ وَنَدَعَ قَوْلَ زَيْدٍ. قَالَ إِذَا قَدِمْتُمُ الْمَدِينَةَ فَسَلُوا. فَقَدِمُوا الْمَدِينَةَ فَسَأَلُوا، فَكَانَ فِيمَنْ سَأَلُوا أُمُّ سُلَيْمٍ، فَذَكَرَتْ حَدِيثَ صَفِيَّةَ. رَوَاهُ خَالِدٌ وَقَتَادَةُ عَنْ عِكْرِمَةَ.
Ikrima (Ibn Abbosdan) rivoyat qiladi: Madina ahli Ibn Abbosdan — ifoza tavofini qilgandan keyin hayz koʻrgan ayol haqida — soʻradi. U: «U (Makkadan) keta oladi», — dedi. Ular: «Biz sening fatvongga amal qilib, Zaydning fatvosini tashlab qoʻymaymiz», — dedi. Ibn Abbos: «Madinaga yetib borganingizda, bu haqda soʻrab koʻringlar», — dedi. Bas, ular Madinaga yetib borganda, (bu haqda) soʻradi. Ular soʻragan kishilardan biri — Ummu Sulaym edi. U ularga Safiyyaning (yuqoridagi) rivoyatini aytib berdi.