حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ يُوسُفَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ الثَّوْرِيُّ، عَنْ عَبْدِ الْعَزِيزِ بْنِ رُفَيْعٍ، قَالَ سَأَلْتُ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ أَخْبِرْنِي بِشَىْءٍ، عَقَلْتَهُ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَيْنَ صَلَّى الظُّهْرَ يَوْمَ التَّرْوِيَةِ قَالَ بِمِنًى. قُلْتُ فَأَيْنَ صَلَّى الْعَصْرَ يَوْمَ النَّفْرِ قَالَ بِالأَبْطَحِ. افْعَلْ كَمَا يَفْعَلُ أُمَرَاؤُكَ.
Abdulaziz ibn Rufayʼ (Anasdan) rivoyat qiladi: Men Anas ibn Molikdan: «Paygʻambar ﷺ haqida oʻzing koʻrgan bir narsani menga ayt: U zot Tarviya kuni (Zulhijjaning sakkizinchisi) peshin namozini qayerda oʻqidilar?» — deb soʻradim. Anas: «(U zot uni) Minoda oʻqidilar», — deb javob berdi. Men: «U zot Nafr kuni (Minodan koʻchish kuni) asr namozini qayerda oʻqidilar?» — dedim. U: «Abtohda», — dedi va: «Sen ham oʻz amirlaring (boshliqlaring) qilganidek qil», — deb qoʻshdi.