حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ زُرَيْعٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ عَوْنٍ، عَنِ الْقَاسِمِ بْنِ مُحَمَّدٍ، وَعَنِ ابْنِ عَوْنٍ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنِ الأَسْوَدِ، قَالاَ قَالَتْ عَائِشَةُ ـ رضى الله عنها ـ يَا رَسُولَ اللَّهِ يَصْدُرُ النَّاسُ بِنُسُكَيْنِ وَأَصْدُرُ بِنُسُكٍ فَقِيلَ لَهَا " انْتَظِرِي، فَإِذَا طَهُرْتِ فَاخْرُجِي إِلَى التَّنْعِيمِ، فَأَهِلِّي ثُمَّ ائْتِينَا بِمَكَانِ كَذَا، وَلَكِنَّهَا عَلَى قَدْرِ نَفَقَتِكِ، أَوْ نَصَبِكِ ".
Asvad (Oishadan) rivoyat qiladi: Oisha: «Yo Rasululloh, odamlar ikki ibodat (haj va umra)ni bajarib qaytyapti, men esa faqat bittasini (bajarib qaytyapman)?» — dedi. U zot: «(Hayzdan) poklanguncha kut, soʻng Tanʼimga borib, ehrom bogʻla (va umrani bajarib), falon-falon joyda bizga qoʻshil. Lekin u (umraning savobi) — sening sarf-xarajating yoki (chekkan) mashaqqatingga qarab (boʻladi)», — dedilar.