حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ أَبِي بِشْرٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ امْرَأَةً، مِنْ جُهَيْنَةَ جَاءَتْ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَتْ إِنَّ أُمِّي نَذَرَتْ أَنْ تَحُجَّ، فَلَمْ تَحُجَّ حَتَّى مَاتَتْ أَفَأَحُجُّ عَنْهَا قَالَ " نَعَمْ. حُجِّي عَنْهَا، أَرَأَيْتِ لَوْ كَانَ عَلَى أُمِّكِ دَيْنٌ أَكُنْتِ قَاضِيَةً اقْضُوا اللَّهَ، فَاللَّهُ أَحَقُّ بِالْوَفَاءِ ".
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Juhayna (qabilasi)dan bir ayol Paygʻambar ﷺ ning oldiga kelib: «Onam haj qilishga nazr qilgan edi, lekin u — haj qilishdan oldin — vafot etdi. Men onam nomidan haj qilsam (boʻladimi)?» — dedi. Paygʻambar ﷺ: «Uning nomidan haj qil. Aytib ber-chi, agar onangning qarzi boʻlganda, uni toʻlar miding (yoki toʻlamas miding)? Bas, Allohning qarzini toʻla — chunki Alloh (qarzning) toʻlanishiga koʻproq haqlidir», — dedilar.