حَدَّثَنَا أَبُو النُّعْمَانِ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ عَمْرٍو، عَنْ أَبِي مَعْبَدٍ، مَوْلَى ابْنِ عَبَّاسٍ عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " لاَ تُسَافِرِ الْمَرْأَةُ إِلاَّ مَعَ ذِي مَحْرَمٍ، وَلاَ يَدْخُلُ عَلَيْهَا رَجُلٌ إِلاَّ وَمَعَهَا مَحْرَمٌ ". فَقَالَ رَجُلٌ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي أُرِيدُ أَنْ أَخْرُجَ فِي جَيْشِ كَذَا وَكَذَا، وَامْرَأَتِي تُرِيدُ الْحَجَّ. فَقَالَ " اخْرُجْ مَعَهَا ".
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Paygʻambar ﷺ: «Ayol — zu mahram (eri yoki sharʼan nikohi mumkin boʻlmagan mahram)siz safar qilmasin va hech bir erkak uning oldiga — zu mahram(i) hozir boʻlganidan boshqa holda — kirmasin», — dedilar. Bir kishi (oʻrnidan) turib: «Yo Rasululloh, men falon-falon qoʻshinga (jihodga) chiqmoqchiman, zavjam esa haj qilmoqchi», — dedi. Paygʻambar ﷺ (unga): «(Jihodni qoldirib,) zavjang bilan (hajga) bor», — dedilar.