حَدَّثَنَا سَعِيدُ بْنُ أَبِي مَرْيَمَ، قَالَ أَخْبَرَنَا نَافِعُ بْنُ عُمَرَ، قَالَ حَدَّثَنِي ابْنُ أَبِي مُلَيْكَةَ، أَنَّ عَائِشَةَ، زَوْجَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم كَانَتْ لاَ تَسْمَعُ شَيْئًا لاَ تَعْرِفُهُ إِلاَّ رَاجَعَتْ فِيهِ حَتَّى تَعْرِفَهُ، وَأَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنْ حُوسِبَ عُذِّبَ ". قَالَتْ عَائِشَةُ فَقُلْتُ أَوَ لَيْسَ يَقُولُ اللَّهُ تَعَالَى
﴿ فَسَوْفَ يُحَاسَبُ حِسَابًا يَسِيرًا ﴾ قَالَتْ فَقَالَ " إِنَّمَا ذَلِكَ الْعَرْضُ، وَلَكِنْ مَنْ نُوقِشَ الْحِسَابَ يَهْلِكْ ".Ibn Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi: Oisha (Paygʻambar ﷺ ning zavjalari) tushunmagan biror narsani eshitsa, toʻliq anglagunicha qayta soʻrar edi. Oisha aytdi: Bir kuni Paygʻambar ﷺ: «Kim (Qiyomatda amali haqida) hisob-kitobga tutilsa, albatta azoblanadi», — dedilar. Men: «Axir Alloh: ‹U yengil hisob bilan hisob qilinadi› (Inshiqoq, 8) — demaganmi?» — dedim. U zot: «Bu — faqat (amallarning) koʻrsatilishidir; ammo kim hisobda surishtiruvga tutilsa, albatta halok boʻladi», — dedilar.